ef_foto

Valeriya
Batayeva

 

Bugungi kunda shahrimiz tubdan qayta qurilmoqda. 20-asrning boshlarida bunyod etilgan, xalqimizning madaniy qadriyatini aks ettiruvchi va uzoq yillardan buyon xorijiy sayyohlarning qiziqish markaziga aylangan binolar buzib tashlanmoqda. Ularning o‘rniga xalqaro namunalarga taqlidning yaqqol misoli sifatida jonsiz, sovuq “sitilar” qad rostlamoqda. Tirikchilik qayg‘usida xalqqa mutlaqo begona bo‘lgan, tijoriy jihatdan jozibali inshootlari bilan yevropalashishga va sarmoyadorlarni jalb qilish maqsadida urinayotgan, o‘zining qudratini namoyish etishga harakat qilayotgan “Sharq Yulduzi”.


Yo‘q, men zamonaviylashtirish va rivojlanishga qarshi emasman. Men bor-yo‘g‘i insonlarni ajdodlarimizdan bizga qolgan merosni, milliy madaniyat va me’morchilikni, o‘zimizga xosligimizni saqlab qolishga da’vat etaman. Aynan mana shuni men o‘z asarlarimda aks ettirdim.