ef_foto

Zilola
Qahramonova

 

Dastlabki turmush tarziga nazar tashlar ekansan, asrdan asrga o‘tgan sayin tabiat bilan ma’naviy uzviylik yo‘qolib borayotganini, bu esa o‘z navbatida madaniy yemirilishga olib kelishini kuzatish mumkin. Kundan kunga ko‘payib borayotgan baland qavatli shaharlar tuzilishi odamlarni tabiatga yaqinlashtirish u yoqda tursin, ularning turmush tarzini hattoki e’tiborga olmaydi. Sovuqdan-sovuq ko‘p qavatli binolar bor-yo‘g‘i tunash uchun ob’yekt bo‘lib xizmat qilmoqda. Faqat qutidan iborat bo‘lgan bu binolar aholini dunyodan uzib turadi xolos, shahar kengligini, ayniqsa, uning o‘ziga xos tabiatini his qilish/sezish imkonini bermaydi.