ef_foto

Ediye
Ugli

 

Qurilish
Qog‘oz/aralash texnika
Mazkur ish bugungi kundagi qurilish muammosini hikoya qiladi. Temir qushlar va buzilayotgan uylar fonida merosimiz va o‘tmishga ketayotgan eski uylarining tarixi unutilgan shaharning eski tasviri.


Maketlar voqealarni, to‘siqlar, qayta tug‘ilish va shifo kabilarning o‘rab tashlanganining ramzi sifatida “tikanakli simlar”ning asosiy materiali bilan o‘ralgan. Madaniyat, ta’lim, tibbiyot, siyosat va jamiyat o‘rgamchak to‘ri ichida javob izlab yagona muammo va umumiy maqsad yo‘lida birlashadi.


Tikanak sim eski va yangi an’analarni o‘zida qamrab olgan yagona zanjir sifatida yangi dunyoning birlashishi va bunyod etilishining ramzidir.


Kalit. Musiqiy makon
Barcha muammolarga davo musiqa. Vivaldi, Betxoven, Brams va boshqa mumtoz bastakorlarning musiqasi ostida mavzuni muhokama qilish. Musiqa hayotimizning ajralmas qismi, u doimo biz bilan, qalbimiz torlari har doim uning ovoziga javob berishga tayyor. Musiqa davolashga, g‘am-qayg‘udan xalos qilishga, umid berishga va zarur qaror qabul qilishda qodir. Bizni o‘rab turgan tovushlar bizga hayot beradi va tabiat, shaharlar, insonlarning ovozlarining uyg‘unligi – bu hayot mavjud bo‘lgan musiqadir.


Sayoq (Xashak)Mazkur obraz insoniyat tomonidan yaratilgan viruslar bilan kattalashgan yer shariga nisbatan berilgan. Ushbu o‘simlik yerga ayovsiz munosabatda bo‘linganiga qaramay, hosildor yerning xususiyatini o‘zida aks ettiradi. Dunyo texnologik imkoniyatlar va gadjetlarga to‘lgan bugungi taraqqiyot davrida biz muammolarga to‘qnash kelgan holda ko‘makka muhtoj bo‘lib qoldik. Biz xalos bo‘lish umidida ajdodlarimizning xushbo‘y hidlar, olov va boshqa tumorlaridan foydalanib, o‘z kelib chiqishimiz, e’tiqodimiz va poklanishimizga qaytamiz.