pop_art

Loyiha Toshkentdagi Shveytsariya hamkorlik byurosi
va Wondernet Express-ning umumiy
ko'magi bilan yaratilgan

О проекте

Pop-Art. Urban

Shahar — tasviriy san’atni asrlar davomida oziqlantirib kelgan va unga san’atning rasmiy topilmalaridan tortib, ijtimoiy-axloqiy ma’nosi kabi bir dunyo g’oyalar bergan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Biroq so’nggi o’n yillar davomida shahar me’morchiligi rassom ijodi uchun qiziqarli bo’lmay qoldi. Bunga aksil o’laroq, shahar muhiti, vaziyat, his-tuyg’u kabi shahar hayotiga xos “mahsulotlar” asar qahramonlariga aylandi. Shaharni eslatuvchi muayyan binolar va ansambllar, zamonaviy san’atda kamdan-kam hollarda o’z aksini topmoqda. Ko’cha san’ati bu – birinchi navbatda kommunikatsiya vositasidir. Asar tomoshabinni dolzarb ijtimoiy mavzuni muhokama qilishga da’vat etgan holda u bilan “suhbatlashadi”. Urban (shahar) — shahar, aniqrog’i ko’cha submadaniytining o’ziga xosligi. Eng avvalo bu — albatta xip-xop: rep, graffitlar, didjeying va breykdanslardir. Shuningdek, parkur, turnikmenlar, vorkaut, kramperlar, skayterlar va turli tuman tryukerlar, hattoki fuqarolarning ko’rishga toqati bo’lmagan stritreysinglar (ko’cha poygalari) va boshqa submadaniyatlar. “Ko’cha san’ati” tushunchasi shahar va jamiyatning ko’plab zamonaviy tadqiqotlarida keng qo’llanilmoqda. Shunga qaramasdan, tadqiqotchilar hanuz qaysi birini san’at deb hisoblash va qay birini ko’cha san’ati sanalishi to’g’risida bir yechimga kelishmadi. Toshkent shahri, aniqrog’i uning reklama inshootlari, metrosi, avtobuslari Urban muammosini ko’tarib chiqqan va O’zbekiston san’atining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan Pop-Art loyihasining yangi mavzusi uchun bir maydon hisoblanadi. Yosh rassomlar urbanizatsiya jarayoniga o’z munosabatlarini namoyish qilishadi, ular shuningdek, o’z asarlarida ularni qiziqtirgan ijtimoiy muammolarni ko’tarib chiqishadi.


Ko’rgazma uchun maydoncha: Toshkent shahri, avtobuslar, shahar metropoliteni.

Loyiha tashkilotchisi: «Bonum Factum» galereyasi


Hamkorlar: Shveysariya elchixonasining hamkorlik bo’yicha xizmati, Wondernet Express.


Axborot hamkorlari: The Mag, Art Review.info

Batafsil